Bugun siz bilan bu masalani atroflicha gaplashamiz, toki bunday noxush vaziyat hech qachon qaytarilmasin. Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismidagi gap bo‘laklarining joylashuv tartibi qaysi javobda shartli belgilar asosida to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Toʻgʻri javob: B) Shartli belgilar: nuqtali chiziq, uzuq chiziq, to‘lqinli chiziq, uzuq chiziq, nuqtali chiziq, qo‘sh chiziq
Mazkur ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismi (Bugun siz bilan bu masalani atroflicha gaplashamiz) hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, kesim kabi gap bo‘laklaridan tashkil topgan bo‘lib, bunday joylashuvning shartli belgilari esa «nuqtali chiziq, uzuq chiziq, to‘lqinli chiziq, uzuq chiziq, nuqtali chiziq, qo‘sh chiziq» qatorida berilgan. «nuqtali chiziq, to‘g‘ri chiziq, to‘lqinli chiziq, uzuq chiziq, nuqtali chiziq, qo‘sh chiziq» qatorida ergashgan qo‘shma gapning bosh gapidagi gap bo‘laklari shartli belgilar asosida noto‘g‘ri berilgan. «to‘lqinli chiziq, to‘lqinli chiziq, to‘g‘ri chiziq, nuqtali chiziq, qo‘sh chiziq» qatorida ergashgan qo‘shma gapning ergash gapidagi gap bo‘laklari shartli belgilar asosida tartib bilan to‘g‘ri berilgan. «nuqtali chiziq, uzuq chiziq, to‘lqinli chiziq, uzuq chiziq, to‘lqinli chiziq, qo‘sh chiziq» qatorida ergashgan qo‘shma gapning bosh gapidagi gap bo‘laklari shartli belgilar asosida noto‘g‘ri berilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 9-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Tasvir” nashriyot uyi, 2019