Boshimga yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub ushbu parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
Toʻgʻri javob: A) Ikkinchi baytda yor timsoli orqali shohlarga xos xususiyatlar aks ettirilgan bo‘lib, shohning adolati quyosh nuriga qiyoslangan.
Ikkinchi baytda “shah” deb murojaat qilingan yorga karam chog‘ida yomon-u yaxshini teng tutish so‘raladi, chunki quyosh (mehr) nuri vayronaga ham, obodga ham teng tushadi – shohona adolat quyosh nuriga qiyoslangan. Birinchi baytda esa oshiq boshiga yoqqan g‘am toshlari Farhod ustiga ming Besutun yog‘dirilsa ham, uning mingdan biricha bo‘lmasligi aytilgan; Qolgan talqinlar matnga mos emas.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)