Quyidagi parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatimiz kelajagi uchun javobgarlikni his qilishga qodir, barkamol va maqsad sari intiluvchan, serg‘ayrat avlodni tarbiyalash borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.
Toʻgʻri javob: D) Otning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi ishtirok etgan.
Parchadagi barcha otlar (bilim, ko‘nikma, mamlakat, kelajak, javobgarlik, maqsad, avlod, vazifa) tuzilishiga ko‘ra sodda otlardir – qo‘shma, juft yoki takroriy ot yo‘q. «Barcha yasama otlar fe’ldan yasalgan» noto‘g‘ri: javobgarlik otdan yasalgan. «Faqat narsa va o‘rin-joy otlari ishtirok etgan» noto‘g‘ri: bilim, javobgarlik kabi mavhum otlar bor. «Barcha otlar ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajargan» noto‘g‘ri: vazifalar so‘zi ega vazifasida.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)