Qaysi gapda undov so‘z mavjud emas?
Toʻgʻri javob: A) “Albatta, mehnatning rohatini ko‘rish yoqimli”, − dedi bobosi.
Ushbu test topshirig‘ini bajarishda abituriyentlardan nutqimizda qo‘llanadigan undov so‘zlar, ya’ni his-hayajon yoki buyruq-xitob ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar va so‘zlovchining o‘zi aytayotgan fikriga qo‘shimcha munosabatini ifodalovchi so‘zlar (modal so‘zlar) haqidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Qolgan gaplardagi oh-oh, hey, chuh so‘zlari undov so‘zlar hisoblanadi. «“Albatta, mehnatning rohatini …» gapdagi albatta so‘zi esa ishonch ma’nosini ifodalaovchi modal so‘z sanaladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 7-sinf uchun darslik. "Ma’naviyat" nashriyot uyi. Toshkent−2017