I. Mashinani shu yerda to‘xtatib keting, kech tushmay qishloqqa yetib olishim kerak. II. Maktabga boray, siz so‘ragan narsani topay, keyin aytishim mumkin, shoshiravermang. III. Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar, Ketmagimdan, oxir, ayt, bormi zarar, ketmoqdaman. Quyidagi qaysi fe’l shakllari berilgan gaplarning har uchalasida ishtirok etgan? 1) orttirma nisbatdagi fe’l; 2) sof fe’l; 3) o‘tgan zamon ma’nosidagi fe’l; 4) harakat nomi; 5) o‘timli fe’l.
Toʻgʻri javob: C) 2, 4, 5
Sof fe’l: keting; boray, topay; dedilar, ketmoqdaman. Harakat nomi: olishim; aytishim; ketmagimdan (-mak). O‘timli fe’l: to‘xtatib (mashinani); topay (narsani); ayt, dedilar. Orttirma nisbat III gapda yo‘q, o‘tgan zamon ma’nosidagi fe’l I gapda yo‘q. Javob: 2, 4, 5.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)