XOTIRA 1. Odam ko‘rgan narsalarining qiyofasini, eshitgan yoki guvohi bo‘lgan voqea-hodisalarni ma’lum vaqt eslab qoladi. Xotira biror kimsa, narsa yoki voqea-hodisa haqidagi yodda saqlangan taassurot bo‘lib, u to‘planib boradigan shaxsiy ...dir. 2. Odamlardagi xotira bir necha xil bo‘ladi: a) harakat xotirasi − turli harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish, raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni eslab qolish; b) obrazli xotira − odamlarning qiyofasi, tabiat manzaralari, ohang va hidni eslab qolish; c) og‘zaki xotira − o‘qigan va eshitgan so‘zlarni eslab qolish. 3. Olimlar tomonidan turli kasb egalarida qaysi xotira turi qay darajada rivojlanganligini aniqlash maqsadida ilmiy-psixologik tajriba o‘tkazildi. Quyidagi diagrammada ana shu tajriba natijasi aks ettirilgan: XOTIRA mavzusidagi ushbu matn va diagrammada aks etgan ma’lumotlarga asoslangan holda mazmunan xato shakllantirilgan gapni aniqlang.

Toʻgʻri javob: C) Ushbu diagrammada yozuvchida obrazli xotira og‘zaki xotiraga nisbatan sust ekanligi aks etgan.
Yozuvchida obrazli va og‘zaki xotira bir xil – 9 dan, demak «Ushbu diagrammada yozuvchida obrazli xotira og‘zaki xotiraga nisbatan sust ekanligi aks etgan» gapi xato. Tarix o‘qituvchisida 9 va 9, harakat xotirasi 4; haydovchida harakat 9, og‘zaki 4; rassomda obrazli 9, haydovchida 4 – bular to‘g‘ri.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)