Ona tili va adabiyot · Matn ustida ishlash

Matnni oʻqing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. Quyosh tizimidagi eng kichik sayyora − Merkuriy. Sayyora…

UZBMB namunasi. Avval oʻzingiz javob tanlang, soʻng tekshiring.

8-savol · UZBMB namunasi8 / 13

Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. Quyosh tizimidagi eng kichik sayyora − Merkuriy. Sayyora Rim xudosi Merkuriy nomi bilan atalgan. Merkuriyni kuzatgan birinchi astronom Galiley Galelio edi. [1]Merkuriyning o‘ziga xos jihatlaridan biri boshqa barcha sayyoralardan kichik ekanligidir. Merkuriy atmosferasining asosiy kimyoviy elementi geliy bo‘lganligi bois u yulduz singari yorqin. Oddiy teleskop yordamida ham ushbu ajoyib sayyorani ko‘rish mumkin. Ertalab Quyosh chiqqanida yoki kechqurun Quyosh botishida esa teleskopsiz ham kuzatish mumkin. Merkuriy Quyoshga boshqa sayyoralardan ko‘ra yaqin. U Yerga nisbatan yetti barobar ko‘p Quyosh energiyasini oladi. [2]Merkuriy yuzasi Oy yuzasiga o‘xshaydi: ko‘p sonli kraterlar mavjud, ularning ba’zilari ancha chuqur. Astronomlar Merkuriyning yadrosida temir mavjud degan taxminni ilgari surgan edilar. Keyinchalik esa Merkuriy yadrosida temirning ulushi boshqa sayyoralarga qaraganda yuqori ekanligi aniqlandi. Merkuriy o‘zining magnit maydoniga ega, ammo Yerdan bir necha marta kuchsizroq. Bu shuni ko‘rsatadiki, yadro suyuq bo‘lishi mumkin. Merkuriyda tabiiy yo‘ldoshlar yo‘q. Orbitada sayyora notekis harakat qiladi. Merkuriyda bo‘lish va Quyoshga qarash imkoni bo‘lganida edi, uning teskari yo‘nalishda harakat qilishini ko‘rish mumkin bo‘lar edi. [3]Bu tabiiy jarayon afsonalarda Joshuaning Quyoshni to‘xtatgani voqeasi bilan izohlanadi. Sayyora evolyutsiyasiga Quyosh katta ta’sir ko‘rsatdi. Taxminan bir asr oldin Merkuriy sirtining yarmi muntazam issiq bo‘ladi degan faraz paydo bo‘lgan edi, chunki sayyoraning bir tomoni doimo Quyoshga qarab turadi. Ammo bu da’vo noto‘g‘ri edi. Merkuriy kuchsiz tortishish kuchiga ega. Atmosferaning siyrakligi sayyorani meteoritlar, shamollar va boshqa tabiat hodisalariga qarshi himoyasiz qiladi. Merkuriyning kometaga o‘xshash dumi bor. Uning uzunligi 2,5 million km. Merkuriy tekis mintaqasi tufayli yosh deb qaraladi. Yuqori haroratga qaramay, sayyorada suv muzlarining ulkan zaxiralari mavjud. U chuqur kraterlar va qutbli nuqtalarning pastki qismida joylashgan. Muzlar hech qachon erimaydi, chunki baland devorlar ularni Quyosh nurlaridan to‘sib turadi. Ilgari Merkuriy Veneraning yo‘ldoshi degan gipoteza mavjud edi. [4]Merkuriy yil davomida Quyosh atrofida 4 marta va o‘z o‘qi atrofida 6 marta aylanadi. Radiusi kichik ekanligiga qaramay Merkuriyning massasi ulkan sayyoralardan, masalan Titan va Ganimeddan ham ortiqdir. Bu katta yadroga ega ekanligi bilan bog‘liq. Matn mazmuniga mos to‘g‘ri shakllantirilgan gapni aniqlang.

Keyingi qadam

Endi oʻzingiz sinab koʻring

Namunani oʻqish boshi xolos. DTM blokini vaqt bilan, rasmiy shaklda yechganda ball ham chiqadi.

  • 90savol
  • 180daqiqa
  • 189ball