XOTIRA 1. Odam ko‘rgan narsalarining qiyofasini, eshitgan yoki guvohi bo‘lgan voqea-hodisalarni ma’lum vaqt eslab qoladi. Xotira biror kimsa, narsa yoki voqea-hodisa haqidagi yodda saqlangan taassurot bo‘lib, u to‘planib boradigan shaxsiy ...dir. 2. Odamlardagi xotira bir necha xil bo‘ladi: a) harakat xotirasi − turli harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish, raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni eslab qolish; b) obrazli xotira − odamlarning qiyofasi, tabiat manzaralari, ohang va hidni eslab qolish; c) og‘zaki xotira − o‘qigan va eshitgan so‘zlarni eslab qolish. 3. Olimlar tomonidan turli kasb egalarida qaysi xotira turi qay darajada rivojlanganligini aniqlash maqsadida ilmiy-psixologik tajriba o‘tkazildi. Quyidagi diagrammada ana shu tajriba natijasi aks ettirilgan: XOTIRA mavzusidagi ushbu matnning 1-qismidagi ko‘p nuqta o‘rnida qo‘llanishi lozim bo‘lgan so‘zni aniqlang.

Toʻgʻri javob: A) tajriba
Xotira – yodda saqlangan va to‘planib boradigan taassurot, ya’ni shaxsiy tajribadir. Mahorat va ko‘nikma malaka ma’nosini, sinov esa tekshiruvni bildiradi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)