TAVSIYANOMA 1. Men, In’omova Adolatxon, 1980-yilda tug‘ilganman. Hozirda Toshkent shahridagi 17-umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlayman. 2. Aliyeva Shahlo Mirsodiq qizi 2003-yilda tug‘ilgan. U hozirda men rahbarlik qilayotgan maktabning 11-“B” sinfida tahsil oladi. Sh.M.Aliyeva − bilimli, tirishqoq, jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchi. U ustozlari va sinfdoshlari bilan munosabatlarda samimiyligi, kamtarligi va shirinsuxanligi bilan ajralib turadi. Sh.M.Aliyeva so‘nggi yillarda ko‘plab yutuqlarga erishdi, xususan, joriy yilda shahar va respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida ishtirok etdi, she’rxonlik va adabiyot sohasiga oid turli ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egalladi. Uning bir nechta she’riy kitoblari chop etildi va yoshlar tomonidan sevib o‘qilmoqda. 3. Sh.M.Aliyevaning kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oluvchi mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildiraman va uni shoira Zulfiya nomidagi mukofotga tavsiya etaman. 2020-yil 18-iyun (imzo) A.In’omova Ushbu TAVSIYANOMA matniga asoslangan holda gapni to‘g‘ri davom ettiring. Toshkent shahridagi 17-umumta’lim maktabining 11-“B” sinf o‘quvchisi ... .
Toʻgʻri javob: D) iqtidori va erishgan yutuqlari tufayli davlat mukofotiga tavsiya etilgan
Matnda Sh.M.Aliyeva yutuqlari tufayli Zulfiya nomidagi mukofotga tavsiya etilgani aytilgan. Sport haqida, respublika bosqichida birinchi o‘rin haqida ma’lumot yo‘q, mukofot sovrindori ekani ham aytilmagan – u faqat tavsiya etilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)