Qaysi javobda ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qila oladigan so‘z berilgan?
Toʻgʻri javob: A) ot
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z va uning atash ma’nosi hamda ularning shakldoshligi haqida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi. «ot» so‘zi ot turkumi doirasida shakldoshlik hosil qila oladi, ya’ni ot − hayvon, ot − nom, ism ma’nolarini bildirgan holda omonimlik xususiyatiga ega bo‘la oladi. «afzal» va «shoh» so‘zlari esa paronimlik xususiyatiga ega so‘zlar hisoblanadi: afzal (soz, yaxshi, tuzuk) – abzal (anjom), shoh (podsho) – shox (daraxt shoxi, butoq). «qor» so‘zi ot va fe’l so‘z turkumi doirasida omonimlik hosil qiladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2020