Tarkibidagi barcha undoshlari til undoshlari sanalgan so‘zlarni aniqlang. 1) nazariy 2) uzviylik 3) g‘azab 4) g‘animat 5) chiroyli
Toʻgʻri javob: A) 1, 5
Tilning fonetika bo‘limiga oid ushbu test topshirig‘ini bajarishda o‘quvchidan nutq a’zolarining til, lab, bo‘g‘iz qismida hosil bo‘ladigan undosh tovushlar haqida bilimga ega bo‘lish talab etiladi. 2-, 3-, 4-raqamlarda berilgan so‘zlar tarkibida lab undoshi (uzviy so‘zida v, g‘azab so‘zida b, g‘animat so‘zida m) ham ishtirok etgan, shuning uchun ular ishtirok etgan variantlar xato javob hisoblanadi. 1-, 5-raqamlardagi nazariy, chiroyli so‘zlaridagi barcha undoshlar til undoshlari sanaladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). N. M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Ma’naviyat”, 2015