uchun quyidagi xususiyatlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
Toʻgʻri javob: A) elektron soni 14 ta
Oltingugurt elementining kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi tartib raqami 16, ya’ni oltingugurt atomlarining barchasida 16 tadan proton mavjud va bu atomning yadro zaryadi +16 ga teng. Oksidlanish darajasi 0 (nol) ga teng bo‘lgan har qanday atomda proton va elektronlar soni o‘zaro teng bo‘ladi. Lekin bizga masala shartida berilgan oltingugurt −2 oksidlanish darajasini namoyon qilayapti, shu sababli undagi elektronlar soni protonlar sonidan 2 taga ko‘proq, 18 ta elektron mavjud. Ushbu atom tarkibidagi neytronlar sonini quyidagi formula orqali hisoblaymiz: . Endi barcha to‘g‘ri ma’lumotlarni jamlaymiz va ularni javob variantlari bilan solishtirish orqali noto‘g‘ri ma’lumotni aks ettirgan javobni aniqlaymiz. nuklon soni=31 ta elektronlar=18 ta neytronlar=15 ta protonlar=16 ta yadro zaryadi=+16
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). I.R.Asqarov va boshqalar. Kimyo. 8-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “Yangiyul poligraph service” nashriyoti. Toshkent−2019