Organik modda tarkibida azot va oltingugurtni aniqlash uchun quruq probirkaga ozroq jun yoki soch tolasi solinadi. Ustiga kerosindan tozalangan kichkina bo‘lak kaliy metali solinadi. Probirka qisqich yordamida spirt lampasi alangasida avval sekin, keyin kuchli qizdiriladi. Bunda probirkadagi soch tolalari parchalanib, kaliy metali bilan reaksiyaga kirishib va birikmalarini hosil qiladi. Qizdirilayotgan probirkaning tagi qip-qizil cho‘g‘ holiga kelganda u tigeldagi 10-15 ml sovuq suvga botiriladi. Natijada probirka sinib, uning ichidagi aralashmalar suvga o‘tadi va eriydi. Eritmani filtrlab, quyidagi tajribalar orqali azot va oltingugurt elementlari aniqlanadi. Filtratdan 2-3 ml olib, unga temir (II) sulfat eritmasidan 2-3 tomchi tomizilib, bir-ikki minut qizdiriladi (bu jarayonda va temir (II) sulfat o‘zaro reaksiyaga kirishadi), so‘ngra unga temir (III) xlorid eritmasidan tomiziladi. HCl eritmasi qo‘shilib berlin lazurining to‘q ko‘k cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Bu dastlabki organik modda tarkibida azot borligini bildiradi. Ushbu ma’lumotlar asosida moddaning kimyoviy formulasini yozing.
- Javob
Toʻgʻri javob: Javob KCN
Kaliy bilan qizdirilganda organik moddadagi azot kaliy sianidga (X = KCN), oltingugurt kaliy sulfidga () o‘tadi. KCN temir (II) sulfat bilan hosil qiladi, u temir (III) xlorid bilan berlin lazurini beradi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Kimyo)