Qizilqum yer yuzasi tuzilishi jihatidan janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga qarab pasayib boradi. Yerusti tuzilishi jihatidan har xil bo‘lib, tekisliklar, qoldiq tog‘lar va ular orasidagi botiqlardan iborat. Markaziy qismida Qoraxotin, Mullali, Oyoqog‘itma kabi … (I) joylashgan. Qizilqumda marza qumlar orasidagi past joylar bahorda suv bilan to‘lib, yozda suvi qurib, … (II) aylanadi. Matndagi nuqtalar o‘rniga quyidagi ma’lumotlardan mos keladiganlarini toping. 1) botiqlar; 2) qirlar; 3) qayirga; 4) taqirga.
Toʻgʻri javob: C) I-1; II-4
Qizilqumning markaziy qismidagi Qoraxotin, Mullali, Oyoqog‘itma, Mingbuloq – botiqlar (I-1). Qumlar orasidagi pastliklarda bahorda suv to‘planib, yozda qurigach, yuzasi tekis, yorilgan gilli taqirlar hosil bo‘ladi (II-4).
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)