Matnni o‘qing. “Alpinistlar Chatqol tog‘ tizmasining janubiy yonbag‘ridan tushib borib, daryodan o‘tib, Qurama tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘ridan ko‘tarilib, bu tog‘ tizmasining eng baland choqqisi − Boboiobni zabt etdilar”. Alpinistlar kesib o‘tgan daryoni aniqlang.
Toʻgʻri javob: D) Ohangaron
Izoh:
Ohangaron vodiysi va daryosi Chatqol va Qurama tizmalari orasida joylashgan. Boboiob (3769 m) — Qurama tizmasining eng baland cho‘qqisi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Geografiya)