Matnni o‘qing. “7-sinf o‘quvchilarini geografiya o‘qituvchisi shahar tashqarisiga ekskursiyaga olib bordi. Ular sayr qilgan hudud shaharga nisbatan balandroqda joylashgan edi. O‘quvchilar qizil, sariq rangli lolalar va chuchmomalar terib gulchambarlar yasadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak kabi o‘tlarni, zirk, namatak butalarini ko‘rsatdi, bu yerlarda kaltakesaklar, ilonlar, chayonlar, tulki, bo‘ri, toshbaqa, jayra, bo‘rsiq, tipratikanlar yashashini aytdi”. O‘quvchilar ekskursiyaga chiqqan hududda O‘zbekistonning qaysi tabiat mintaqasi tarkib topganligini aniqlang.
Toʻgʻri javob: B) adir
Matndagi o‘simlik va hayvonlar ro‘yxati 7-sinf darsligidagi adir mintaqasi tavsifi bilan deyarli so‘zma-so‘z mos: lolalar, chuchmoma, qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, kavrak, zirk, na’matak, tulki, bo‘ri, toshbaqa, jayra, bo‘rsiq.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Geografiya)