Qulay iqtisodiy geografik o‘rni, foydalanishga qulay bo‘lgan gidroenergetika resurslarini mavjudligi, zaminining xilma-xil yer osti boyliklari, mehnatga yaroqli aholi ma’lumot darajasining yuqoriligi qaysi iqtisodiy rayon rivojlanishining asosiy omillari hisoblanadi?
Toʻgʻri javob: D) Toshkent
Izoh:
Toshkent iqtisodiy rayoni qulay iqtisodiy geografik o‘rniga, Chirchiq-Bo‘zsuv GESlar kaskadi kabi gidroenergetika resurslariga, xilma-xil foydali qazilmalarga va ma’lumotli mehnat resurslariga ega.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Geografiya)