O‘rta Osiyo o‘lkasining janubiy chegarasi Hindikush, Safedko‘h, Nishopur tog‘ tizmalari suvayirg‘ichi bo‘ylab o‘tgach qaysi tabiiy geografik obyekt bilan tutashadi?
Toʻgʻri javob: A) Kaspiy dengizi qirg‘og‘i
Emba daryosi O‘rta Osiyo hududidan tashqarida, ya’ni uning shimoli-g‘arbiy qismidan, Murg‘ob daryosi esa Turkmanistonning janubiy qismidan oqib o‘tadi. Amudaryo Pomir tog‘laridan oqib tushuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va O‘rta Osiyo hududining ichki qismidan oqib o‘tadi. Hindukush, Safedko‘h, Nishopur tog‘ tizmalari Kaspiy dengizi qirg‘oqlari bilan tutashadi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). G‘ulomov P. va boshqalar. Geografiya. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. 7-sinf uchun darslik. “O‘qituvchi” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2017. 7-bet