Ushbu yozuvsiz xaritada va j.k oralig‘ida Janubiy Amerikaning qaysi iqlim mintaqasi va tabiat zonasi tarkib topgan?

Toʻgʻri javob: A) subtropik iqlim mintaqasi, chalacho‘llar va cho‘llar, dashtlar zonasi
Darslikda berilgan mavzular bilan birgalikda maktab atlasi va yozuvsiz xaritasini hamda materiklarning geografik o‘rnini, nechanchi geografik kengliklar oralig‘ida qaysi iqlim mintaqalari va tabiat zonalari tarkib topganligini yaxshi o‘zlashtirib olishingiz tavsiya etiladi. Masalan: Janubiy Amerika materigining va j.k lar oralig‘ida ekvatorial iqlim mintaqasi va sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasi, va j.k lar oralig‘ida subekvatorial iqlim mintaqasi, fasliy nam o‘rmonlar va savannalar zonasi, va j.k lar oralig‘ida tropik iqlim mintaqasi hamda, asosan, savannalar zonasi, va j.k lar oralig‘ida subtropik iqlim mintaqasi hamda chala cho‘llar va cho‘llar, dashtlar zonalari, va j.k lar oralig‘ida mo‘tadil iqlim mintaqasi, chalacho‘llar va cho‘llar zonalari joylashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilib olganingizdan so‘ng, bu test topshirig‘ini yozuvsiz xaritaga qarab bajarishingiz mumkin.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, 6-sinf atlasi. Toshkent 2018-yil