Matnni o‘qing. “Shimoliy Afrika tabiiy geografik o‘lkasi shimolda O‘rta dengizdan janubda mavsumiy nam o‘rmonlar zonasigacha, g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan sharqda Efiopiya tog‘ligi etaklarigacha bo‘lgan hududlarni egallaydi”. a) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar tabiat zonasi Shimoliy Afrika o‘lkasining qaysi qismini egallaganligini aniqlang. b) Shimoliy Afrika o‘lkasining mavsumiy nam o‘rmonlar bilan tutashgan tabiat zonasini aniqlang.
- a)
- b)
Toʻgʻri javob: a) shimoli-g‘arbiy qisminib) savanna
a) Afrikada qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar materikning shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy chekkalarida, subtropik mintaqada joylashgan (6-sinf darsligi). Shimoliy Afrikada bu — shimoli-g‘arbiy qism (Atlas tog‘lari va O‘rta dengiz sohili). b) Mavsumiy nam o‘rmonlar bilan savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasi tutashadi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Geografiya)