Matnni o‘qing. “Yevropa, Osiyo va Afrika chorrahasida joylashgan Yaqin Sharq mintaqasi qulay geosiyosiy o‘ringa ega. Bu mintaqa eng qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri hisoblanib, hozirgi paytda jahonda energiya resurslarining ulkan zaxirasi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga bu hudud jahonning eng notinch mintaqalaridan biridir.” a) Mintaqada yarim asrdan ko‘p davom etib kelayotgan diniy-etnik nizo asosida o‘z yechimini haligacha topmagan muammoni aniqlang. b) Mintaqadagi qaysi davlat hududida XXI asrda radikal islom guruhlarining davlat tashkil etish urinishlariga qarshi Rossiya qo‘shinlari ishtirokida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi?
- a)
- b)
Toʻgʻri javob: a) Falastin muammosib) Suriya
a) 1948-yildan buyon davom etayotgan Falastin muammosi (arab-isroil mojarosi) hanuz hal etilmagan. b) Rossiya qo‘shinlari 2015-yildan Suriyada «Islomiy davlat» guruhiga qarshi harbiy harakatlarda qatnashgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Geografiya)