Quyidagilardan Eyler-Venn diagrammasi asosida davlatlarning iqtisodiyotiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping. I. Turkiya. II. Eron. a) iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining ixtisoslashuviga ko‘ra yirik industrial-agrar davlatlar guruhiga kiradi; b) sanoatining yetakchi tarmoqlari qatoriga neft va neftni qayta ishlash, gaz sanoati kiradi; c) jahonda agrar mahsulotlarning eng yirik eksportyorlaridan biri hisoblanadi.
Toʻgʻri javob: A) I – c; I, II – a; II – b
Ushbu test topshirig‘ida berilgan ma’lumotlar asosida, Turkiya va Eron davlatlarining iqtisodiyotiga taalluqli bo‘lgan hamda Eyler-Venn diagrammasidagi kesishmaga to‘g‘ri keladigan har ikkala davlatga tegishli ma’lumotni topish talab etiladi. Ya’ni bunda, b dagi ma’lumot − Eron davlatiga, c dagi ma’lumot − Turkiya davlatiga tegishli, a dagi ma’lumot esa iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining ixtisoslashuviga ko‘ra ikkala davlatga tegishlidir.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). Qayumov A. va boshqalar. Geografiya. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf uchun darslik. Toshkent−“O‘zbekiston”-2019-yil. 97, 112, 114-betlar