Topografik xaritalarda Yer yuzini tasvirlashda, boshqa xaritalar turlariga nisbatan nomuvofiqlik holatlari…
UZBMB namunasi. Avval oʻzingiz javob tanlang, soʻng tekshiring.
5-savol · UZBMB namunasi5 / 8
Topografik xaritalarda Yer yuzini tasvirlashda, boshqa xaritalar turlariga nisbatan nomuvofiqlik holatlari kam bo‘lishining sababini toping.
Toʻgʻri javob: A) topografik xarita Yer yuzasining kichik qismi tasvirlangan varaqlarga bo‘linadi, kichik maydonli qavariq yuzani tekislikda tasvirlash esa nisbatan aniqroq chiqadi
Izoh:
Topografik xarita Yer yuzasining kichik qismlari tasvirlangan alohida varaqlardan iborat. Qavariq yuzaning kichik bo‘lagi tekislikka deyarli buzilishsiz tushadi, shuning uchun nomuvofiqlik kam bo‘ladi. Har qanday kartografik proyeksiyada qandaydir buzilish bo‘ladi, shuning uchun «topografik xaritalar teng burchakli andazalar asosida tuziladi …» to‘g‘ri emas.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Geografiya)