Nima sababdan Oy tutilishi ro‘y beradi?
Toʻgʻri javob: A) Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganda
Test topshirig‘idan javoblarni o‘qib, mantiqiy fikr yuritsangiz, tahlil qilsangiz qaysi javob to‘g‘ri ekanligini bilib olasiz, buning uchun albatta mavzuga oid bilim va ko‘nikmaga ham ega bo‘lishingiz kerak, demak mantiqiy fikrlab ko‘ramiz: «Oy o‘z harakati davomida Yer va Quyosh soyasiga to‘g‘ri kelib qolganda» noto‘g‘ri, chunki, Oy Yer soyasiga tushib qolganda tutilish hodisasi sodir bo‘ladi, Oy hech qachon Quyosh soyasiga tushib qolmaydi, «Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida» ham noto‘g‘ri, sababi, Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida Yerning shakli davriy ravishda o‘zgarib turadi, natijada Dunyo okeani, atmosfera va Yer po‘stida ritmli ravishda qalqish hodisasi ro‘y beradi, ya’ni suvning ko‘tarilib, pasayishi sodir bo‘ladi, «Yer va Oyning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida» ham noto‘g‘ri, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida sutka qaror topadi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda sutkalik ritmiklik ro‘y beradi. Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganida Oy yoki Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi: P.G‘ulomov, R.Qurbonniyozov; 5-sinf, Toshkent – 2015 yil, 14-bet. Qo‘shimcha manba: Geografiya (amaliy geografiya). SH.M.Sharipov va boshqalar, 10-sinf, Toshkent – 2017-yil, 12-13-bet