Diametri oshib boruvchi kapillyarda suv tomchisi bor. Suv kapillyar devorlarini ho‘llasa, tomchi kapillyar bo‘ylab qaysi tomonga harakatlanadi?
Toʻgʻri javob: C) kapillyarning tor uchiga tomon
Kappilyardagi tomchi suvning ikki uchi kapilyar devorini ho‘llab, sferik sirt hosil qiladi, tomchiga ta’sir etuvchi kuch aylana uzunligi bilan aniqlanadi: , bu kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan bosim: . Ko‘rib turibmizki, kapillyarning tor uchdagi sirt tarangligi hisobiga vujudga keladigan bosim kuchliroq bo‘ladi va uning ta’sirida tomchi aynan ho‘llangan kapillyarning tor tomoniga siljiydi. Bu hodisa tabiatdagi turli jarayonlarga ta’sir etadi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). P.Q.Habibullayev, A.Boydedayev, A.D.Bahromov, J.Usarov, K.Suyarov, M.Yuldasheva. Fizika. 9-sinf uchun darslik. "G‘afur G‘ulom" NMIU. Toshkent−2019