Ishqalanishsiz tekislikda doimiy tezlik bilan harakat qilayotgan ikki jismning mutloq elastik to‘qnashuvdan oldingi va keyingi oniy vaziyatlari rasmda ko‘rsatilgan. – to‘qnashuv nuqtasi bo‘lsa, quyidagi mulohazalarning qaysilari to‘g‘ri? 1. To‘qnashuvgacha birinchi jismning tezligi ikkinchisinikidan katta. 2. To‘qnashuvdan keyin ikkinchi jismning tezligi birinchisinikidan katta. 3. To‘qnashuvgacha birinchi jismning tezligi ikkinchisinikidan kichik. 4. To‘qnashuvdan keyin ikkinchi jismning tezligi birinchisinikidan kichik.

Toʻgʻri javob: A) 1, 2
To‘qnashuvgacha ikkala jism nuqtaga bir vaqtda yetib keladi: bu vaqtda 1-jism 3 bo‘lak, 2-jism 1 bo‘lak yo‘l bosadi, demak (1 to‘g‘ri). To‘qnashuvdan keyin bir xil vaqtda 1-jism 1 bo‘lak, 2-jism 2 bo‘lak uzoqlashgan, demak (2 to‘g‘ri).
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)