Quyida berilgan qaysi hujayralar mitoz bo‘linish natijasida hosil bo‘ladi? 1) kampirchoponning tuxum hujayrasi; 2) itsigakning generativ hujayrasi; 3) yapon saforasining tuxum hujayrasi; 4) kasatkaning spermatozoidi; 5) tobulg‘ining mikrosporasi; 6) ko‘l baqasining tuxum hujayrasi; 7) exinokokkning tuxum hujayrasi.
Toʻgʻri javob: A) 1, 2, 3
1) gulli o‘simliklar olamida megasporatsitning meyoz bo‘linishidan megaspora, megasporaning 3 marta mitoz bo‘linishidan so‘ng tuxum hujayra hosil bo‘ladi; 2) gulli o‘simliklar olamida mikrosporatsitning meyoz bo‘linishidan mikrospora, mikrosporaning mitoz bo‘linishidan so‘ng ikki hujayra − vegetativ va generativ hujayra hosil bo‘ladi; 3) gulli o‘simliklar olamida megasporatsitning meyoz bo‘linishidan megaspora, megasporaning 3 marta mitoz bo‘linishidan so‘ng tuxum hujayra hosil bo‘ladi; 4) hayvonot olamida spermatozoidlar spermotogoniylarning bir necha marta mitoz bo‘linishi, natijada hosil bo‘lgan birinchi tartib spermatotsitlarning reduksion bo‘linishi va hosil bo‘lgan ikkinchi tartib spermatotsitlarning ekvatsion bo‘linishidan so‘ng shakllanadi; 5) gulli o‘simliklar olamida mikrosporatsitning meyoz bo‘linishidan mikrospora hosil bo‘ladi; 6) hayvonot olamida tuxum hujayra ovogoniylarning bir necha marta mitoz bo‘linishi, natijada hosil bo‘lgan birinchi tartib ovotsitlarning reduksion bo‘linishi va hosil bo‘lgan ikkinchi tartib ovotsitlarning ekvatsion bo‘linishidan so‘ng shakllanadi; 7) hayvonot olamida tuxum hujayra ovogoniylarning bir necha marta mitoz bo‘linishi, natijada hosil bo‘lgan birinchi tartib ovotsitlarning reduksion bo‘linishi va hosil bo‘lgan ikkinchi tartib ovotsitlarning ekvatsion bo‘linishidan so‘ng shakllanadi. Yuqoridagilar orasidan 1-, 2-, 3- raqamdagi ma’lumotlar mitoz bo‘linishga, 4-, 5-, 6-, 7- raqamdagi ma’lumotlar meyoz bo‘linishga asoslangan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). A. G‘afurov va boshqalar. Biologiya. 10-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “Sharq” matbaa-nashriyot uyi, Toshkent−2017