Fenotipik o‘zgaruvchanlikni aks ettiruvchi misollarni aniqlang. 1) ultrabinafsha nurlar ta’sirida odam terisida melaninning to‘planishi; 2) qayin odimchisi kapalagi oq formalarini o‘zgarib qoramtir rangli formalarining paydo bo‘lishi; 3) odamlarda barmoqlarning kalta bo‘lishi; 4) suv yong‘og‘ida suv osti va suv ustidagi barglari shaklining har xil bo‘lishi
Toʻgʻri javob: A) 1, 4
Qayin odimchisi kapalagining qoramtir formalarining paydo bo‘lishi, odamlarda barmoqlarning kalta bo‘lishi fenotipik o‘zgaruvchanlik hisoblanmaydi. Topshiriqda berilgan 1 va 4-punktlar fenotipik o‘zgaruvchanlikka misol bo‘ladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). A. Zikiryayev va boshqalar. Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari). 9-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “Yangiyul poligraph service”. Toshkent−2019