Qaysi javobda boychechak va qo‘ng‘irboshning o‘xshash belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) oddiy gulqo‘rg‘on; 2) mevasi quruq; 3) urug‘chisi 3 ta urug‘chibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan; 4) ko‘p urug‘li mevaga ega; 5) gullari mayda, rangsiz; 6) qo‘shimcha ildizga ega.
Toʻgʻri javob: A) 1, 2, 6
Izoh:
Boychechak va qo‘ng‘irbosh oddiy gulqo‘rg‘onli, mevasi quruq va qo‘shimcha ildizga ega o‘simliklardir.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). O‘. Pratov va boshqalar. Biologiya (Botanika). 6-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “O‘zbekiston”. Toshkent−2017