Odam organizmiga oid quyidagi ma’lumotlarning nechtasi to‘g‘ri? a) har ikkala ko‘zning qorachig‘i bir vaqtda kengayish va torayish xususiyatiga ega; b) suyak va parda labirintlar orasida perilimfa suyuqligi joylashgan; c) vestibular apparat tananing fazodagi holatini sezish va tana muvozanatini saqlash funksiyasini bajaradi; d) halqum va eshitish nayi orqali o‘tadigan havo o‘rta quloq bo‘shlig‘idagi bosimni tashqi atmosfera bosimi bilan tenglashtirib turadi; e) o‘rta quloq − bo‘shliq, yarimdoira kanalchalar va chig‘anoqdan iborat; f) ko‘zning ikki nuqtani ular orasidagi eng kam masofada ajrata olish xususiyati ko‘rish o‘tkirligi deyiladi.
Toʻgʻri javob: A) 5 tasi
a, b, c, d va f to‘g‘ri. e noto‘g‘ri: yarimdoira kanalchalar va chig‘anoq ichki quloqda joylashgan. Demak, 5 ta ma’lumot to‘g‘ri.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Biologiya)