Tahlil uchun olingan DNK fragmentining bir zanjiri 1400 ta nukleotiddan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi adenin nukleotidi 30 %ni tashkil etadi. Fragmentdagi timin va adenin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang.
Toʻgʻri javob: A) 1680
DNK da 2800 ta nukleotid 100% bo‘lsa va uning 30% ini adenin tashkil qilsa, E.Chargaff qoidasiga ko‘ra, timin ham 30% bo‘ladi. Ularning yig‘indisi 60%. 2800 − 100% x − 30% x = 840 Adenin 840 ta bo‘lsa, timin ham 840 ta. Ular orasidagi vodorod bog‘ni topish uchun 2 ga ko‘paytiriladi. 840 x 2 = 1680. Demak, adenin va timin orasida 1680 ta vodorod bog‘ bor.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). A. G‘afurov va boshqalar. Biologiya. 10-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “Sharq” matbaa-nashriyot uyi, Toshkent−2017