Rasmda berilgan birikma nomini hamda uning 1 va 2 raqamlariga mos keluvchi tarkibiy qismlarini aniqlang.

Toʻgʻri javob: A) DNK; 1-dezoksiriboza; 2-fosfat kislota qoldig‘i
Rasmda DNK molekulasining tuzilishi ifodalangan. DNK molekulasi dezoksiribonukleotidlardan tashkil topgan. Har bir nukleotid 3 qismdan iborat: markaziy qismida monosaxarid (dezoksiriboza), tashqi qismida fosfat kislota qoldig‘i, ichki qismida esa azot asoslari joylashgan. Rasmda 1 raqami bilan ifodalangan qism dezoksiriboza; 2 raqami bilan ifodalangan qism fosfat kislota qoldig‘i.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). A. G‘afurov va boshqalar. Biologiya. 10-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “Sharq” matbaa-nashriyot uyi, Toshkent−2017