Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar ATG TGA GGT ACA CGT GGT GAT TCA ketma ketlikda joylashgan bo‘lsa, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid turi yig‘indisini aniqlang.
Toʻgʻri javob: A) A - 13, C - 11, T - 13, G - 11
DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib, qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Azotli asoslarning komplementarlik qonuniyatlari E. Chargaff qoidasida aks etgan: 1. Purin asoslarining soni pirimidin asoslari soniga teng. 2. Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C 3. Adenin va guaninlar sonining yig‘indisi sitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga teng: A+G=T+C.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). Biologiya. A.G‘afurov va boshqalar. O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik “Sharq” nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent-2017