Qalqontumshuqqa xos bo‘lgan xususiyatni aniqlang.
Toʻgʻri javob: A) yuragi uch kamerali
Izoh:
Qalqontumshuq – zaharli ilon (sudralib yuruvchi). Sudralib yuruvchilarning yuragi uch kamerali (qorinchasida chala to‘siq bor), terisi quruq va nafas olishda qatnashmaydi, urug‘lanishi ichki, bosh miya po‘stlog‘ida burmalar yo‘q.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)