Suv muhitida yashovchi organizmlarning ekologik guruhlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Grenlandiya tyuleni; 2) lansetnik; 3) dafniya.
Toʻgʻri javob: D) 1 – nekton; 2 – bentos; 3 – plankton
Izoh:
Tyulen faol suzuvchi – nekton. Lansetnik dengiz tubidagi qumga ko‘milib yashaydi – bentos. Dafniya suv oqimi bilan passiv harakatlanadigan mayda qisqichbaqasimon – plankton.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)