Quyidagi organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. a) parmeliya; b) batsidiya.
Toʻgʻri javob: C) a - bargsimon lishaynik; b - eukariot organizm
Parmeliya va batsidiya lishaynik turlarining nomi hisoblanadi. Lishayniklar eukariot organizm bo‘lib, ular avtotrof oziqlanadi. Prokariot organizm hisoblanmagani uchun «a - prokariot organizm; b - bargsimon lishaynik» va «a - avtotrof organizm; b - prokariot organizm» xato. Parmeliya va batsidiya parazit usulda oziqlanmaydi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). Biologiya. 9-sinf o‘quvchilari uchun darslik. A.Zikiryayev va boshqalar. Toshkent. “Yangiyul Poligraf Servis” 2019-yil