XIX asrning o‘rtalarida Toshkent shahrining nechta darvozasi bo‘lgan?
Toʻgʻri javob: A) 12 ta
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XIX asr ikkinchi yarmi − XX asr boshlarigacha bo‘lgan davriga oid. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining 12 ta, ya’ni Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qoshg‘ar darvozalari bo‘lgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). S.Tillaboyev, A.Zamonov. O‘zbekiston tarixi 9-sinf darsligi. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent−2019. (23-bet)