VI-VII asrlarda O‘rta Osiyo aholisining asosiy qismi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
Toʻgʻri javob: A) zardushtiylik
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davriga oid. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o‘lkalardan kirib kelgan dinlar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘pchiligi zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). A.Muhammadjonov. O‘zbekiston tarixi 7-sinf darsligi. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent−2017. (23-bet)