Amir Temur davlatining poytaxti bo‘lgan shaharni toping.
Toʻgʻri javob: A) Samarqand
Izoh:
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davriga oid. Amir Temur 1370-yil iyul oyida Samarqandda katta qurultoy chaqiradi. Qurultoyda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo‘shin tuzish masalalari muhokama etiladi. Samarqand davlat poytaxti deb e’lon qilindi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). A.Muhammadjonov. O‘zbekiston tarixi 7-sinf darsligi. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent−2017. (115-bet)