Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar berilgan qatorlarni aniqlang. № | Sabab | Natija 1. | Angliyada 1380-yilda 3 baravarga oshirilgan jon boshi solig‘ini yig‘ishdagi suiiste’molliklar, nohaqliklar | "Mayl End" dasturi qabul qilinishi 2. | Ingliz qiroli Ioanning baronlarga qarshi siyosati | "Buyuk ozodlik xartiyasi"ning qabul qilinishi 3. | Fransiya qiroli Lyudovik XI ning yirik feodallarga qarshi siyosati | "Yuz yillik urush"ning boshlanishi 4. | Hindistonning o‘zaro urushlarda kuchsizlanib qolishi | Hindistonning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi 5. | Yustinian I ning Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash maqsadi | Muqaddas Rim imperiyasining tuzilishi
Toʻgʻri javob: A) 1, 2
Test topshirig‘i jahon tarixining o‘rta asrlar tarixi davriga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu test topshirig‘i abituriyentdan turli tarixiy davrlarda va davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealarni sabab va natijalarini tahlil qilishni talab etadi hamda tahlil asosida jadval qatorlaridagi voqea va uning natijasi mos to‘g‘ri berilgan ma’lumotlar aniqlanadi. Jadvaldagi 1, 2 qatordagi ma’lumotlar to‘g‘ri. Jadvaldagi 3, 4, 5 qatordagi javoblari noto‘g‘ri.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). T.O‘.Salimov, F.E.Sultonov. Jahon tarixi 7-sinf darsligi. "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent−2017. (102-103-bet)