Tarixiy davlatni aniqlang. Ushbu davlatda Burjua inqilobi XVIII asrning so‘nggi choragida boshlandi. Bu inqilob butun dunyo tarixi uchun ham ma’lum ma’noda burilish nuqtasi bo‘ldi. U olg‘a surgan "Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!" g‘oyalari butun dunyo xalqlarining keyingi rivojiga arzigulik ta’sir ko‘rsatdi.
Toʻgʻri javob: D) Fransiya
Izoh:
"Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!" shiori 1789-yilda boshlangan Fransiya inqilobining shiori. Angliya inqilobi XVII asrda bo‘lgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Tarix)