Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) "Uzoq muddatli parlament"; 2) protektor; 3) "Sharafli inqilob"; 4) Respublika; 5) "chartistlar harakati"; 6) "Buyuk ozodlik xartiyasi"; 7) imperiya
Toʻgʻri javob: A) 5, 6, 7
Test topshirig‘i Jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Uchinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu test topshirig‘i abituriyentdan egallagan tarixiy-siyosiy bilimlari asosida turli tarixiy davrlarda sodir bo‘lgan voqealarni tahlil qilish orqali to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlashi tavsiya etiladi. "Chartistlar harakati"−XIX asrning birinchi yarmi; "Buyuk ozodlik xartiyasi"−1215-yil, imperiya−XIX asr Ushbu ma’lumotlar 1640-1688-yillardagi Angliya burjua inqilobi bilan bog‘liq emas.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). R.Farmonov, U.Jo‘rayev, Sh.Ergashev. Jahon tarixi 8-sinf darsligi. "Cho‘lpon" nomidagi-matbuot matbaa uyi. Toshkent−2019. (30-32-bet)