O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax
Toʻgʻri javob: A) 3, 1, 2
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XIX asr ikkinchi yarmi − XX asr boshlaridagi davrga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari davrida bosib olgan shaharlarning yillarini belgilaymiz va ularni xronologik tartibda joylashtiramiz. 1) Kattaqo‘rg‘on − 1868-yil; 2) Namangan − 1876-yil; 3) Jizzax − 1866-yil
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). S.Tillaboyev, A.Zamonov. O‘zbekiston tarixi 9-sinf darsligi. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent−2019. (31-33-bet)