1873-yilning avgustida Xiva xoni K.P.Kaufman tomonidan taklif etilgan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldi. Ushbu shartnoma Xiva xoni Rossiya imperiyasi tobeligiga o‘tganligini ko‘rsatardi. a) Ushbu davrda Xiva xonligida hukmronlik qilgan xon nomini yozing. b) Xiva xoni va fon Kaufman tomonidan imzolangan ushbu shartnomaning nomini yozing.
- a)
- b)
Toʻgʻri javob: a) Muhammad Rahimxon IIb) Gandimiyon shartnomasi
9-sinf O‘zbekiston tarixi darsligida: Kaufman taklif etgan sulh shartnomasini Xiva xoni Muhammad Rahimxon II 1873-yil 12-avgustda imzolashga majbur bo‘ldi. Bu Gandimiyon shartnomasi deb ataladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Tarix)