XIX asr boshlarida Xiva xonligiga kelgan qaysi rus elchisi o‘zining “Esdaliklar” kitobida o‘zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to‘xtalib, o‘zbeklarni “aql-idrokli, suhbati yoqimli va o‘tkir, qat’iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg‘on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar” deb ta’riflagan?
Toʻgʻri javob: A) N.Muravyov
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XVI-XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davriga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Test topshirig‘i matnida berilgan o‘zbek xalqiga xos xususiyatlar haqidagi ta’rif keltirilgan “Esdaliklar” asari Rossiya elchisi N.Muravyov qalamiga mansub.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, G.Jo‘rayeva, N.Norqulov. O‘zbekiston tarixi 8-sinf darsligi. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (108-bet)