Xaritada yulduzcha bilan belgilangan qadimgi davlat tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni toping.

Toʻgʻri javob: A) Ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan
Ushbu test topshirig‘i abituriyentning xaritadan foydalanib o‘zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishini tekshiradi. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Dastlab xaritada yulduzcha ostida berilgan davlatni aniqlaymiz. Bu Qadimgi Yunoniston davlati. Keyin shu davlat tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan voqeani topamiz. Ilk olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan − mil.avv. 776-yilda Yunonistonda. Panteon ibodatxonasi barpo etilgan − Rimda. 40 metrli Trayan ustuni qurilgan − Rimda. Ajanta ibodatxonasi bunyod etilgan − Hindistonda.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy. Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf darsligi. "Yangiyo‘l Poligraf Servis" nashriyoti. Toshkent−2017. (105-bet)