Mustaqil O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri berilgan ma’lumotlarni aniqlang. 1) Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi; 2) 2000-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi; 3) Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati hisoblanib, Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishida rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir; 4) 1995-2004-yillarda Oliy Kengash nomi bilan atalgan 150 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi; 5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi "Mahalliy davlat hokimiyat asoslari" deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlangan; 6) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarga bo‘ysungan holda ish yuritadi; 7) O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etilgandan hozirgi kunga qadar Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishgan.
Toʻgʻri javob: A) 1, 3, 5, 7
2) noto‘g‘ri: ikki palatali Oliy Majlis 2005-yildan ish boshlagan. 4) noto‘g‘ri: 1995–2004-yillarda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis ishlagan. 6) noto‘g‘ri: sud hokimiyati boshqa hokimiyatlardan mustaqil. 1, 3, 5, 7 – to‘g‘ri.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Tarix)