Mustaqil O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq qaysi ma’lumotlar to‘g‘ri? I. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlangan. II. Mamlakatimiz Bosh vaziri tashabbusi bilan 2018-yilda "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. III. Hokimlar tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanmaydi. IV. 2016-yil dekabrda Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan.
Toʻgʻri javob: A) I va IV
A.Aripov 2016-yil 14-dekabrda Bosh vazir etib tasdiqlangan (I to‘g‘ri). Sh.M.Mirziyoyev 2016-yil 4-dekabrda Prezident etib saylangan (IV to‘g‘ri). Mudofaa doktrinasi to‘g‘risidagi qonun 2018-yilda Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan (II noto‘g‘ri). Konstitutsiyaga ko‘ra hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi (III noto‘g‘ri).
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)