Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida tarixiy asar va uning muallifi bir-biriga muvofiq keladi?

Toʻgʻri javob: A) 1, 6
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XVI-XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr tarixiga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu grafikda tarixiy asar va uning muallifini qaysi raqam ostida muvofiq kelishini topish talab etiladi. 1-raqamda "Tarixi Muqimxoniy" asarining muallifi Muhammad Yusuf Munshiy; 6-raqamda "Tarixi Rashidiy" asarining muallifi Muhammad Haydar. Qolgan raqamdagi tarixiy asarlar va ularning muallifi bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, G.Jo‘rayeva, N.Norqulov. O‘zbekiston tarixi 8-sinf darsligi. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (44-45-bet)