Arab adibi Johiz turkiy xalqlarning xislatlari haqida bitilgan "Manoqib al-atrok" asarida: "Sosoniy-forslar barcha xalqlardan ... (a) sohasida, xitoyliklar – hunarmandchilikda, yunonlar – ilm-fanda, turklar ... (b) sohasida ustundirlar", – deb yozadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javoblarni yozing. a) (a) nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni yozing. b) (b) nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni yozing.
- a)
- b)
Toʻgʻri javob: a) davlatni boshqarish san’atib) harbiy ish
Johizning so‘zlari: "Sosoniy forslar barcha xalqlardan davlatni boshqarish san’atida, xitoyliklar – hunarmandlikda, yunonlar – ilm-fanda va turkiylar harbiy ishda ustundir".
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Tarix)